
Messi va Buskets qachon asosiy tarkibda maydonga tushishi aniq bo‘ldi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi 26 iyul kuni birinchi marta “Inter Mayami” safida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Florida jamoasi ertaga Liga kubogida “Atlanta”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 04:30da boshlanadi.
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xerardo Martinoning aytishicha, shu kuni Messi va Buskets o‘yinni ilk daqiqalardan boshlash ehtimoli yuqori.
“Agar ular maydonda ko‘proq daqiqa o‘tkazishsa, bu jamoaning holatiga ta’sir qilishi mumkin. Va katta ehtimol bilan ular uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashadi. Hammasi ularning o‘zini qanday his qilishiga bog‘liq”, — dedi Martino.
Fikrlar