
Messi Peleni ortda qoldirgan o‘yindagi butsasini muzeyga topshirdi (FOTO)
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Adidas" kompaniyasi xayrli ishga qo‘l urdi.
Gap shundaki, argentinalik futbol yulduzi “Barselona” safida 644 ta gol urib, Pelening bir klubda gol urish bo‘yicha rekordini yangilagan edi. Messi ushbu tarixiy rekordni qayd etgan o‘yinda kiygan butsasini Kataloniya milliy san’at muzeyiga sovg‘a qildi.
Ko‘rgazma bir oy davomida muzeyda namoyish etiladi va keyin kim oshdi savdosida sotiladi.
Butsalarni sotishdan tushadigan mablag‘ “San’at va sog‘liqni saqlash” dasturi orqali saraton kasalligiga chalingan bolalar va ularning oilalariga beriladi.
Fikrlar