
Messi diskvalifikatsiyadan qutildi — Maskerano MLS taqvimidan norozi
Lionel Messi va Jordi Alba MLS yulduzlar o‘yinida qatnashmagani uchun diskvalifikatsiya qilinish xavfi ostida edi. Biroq, bu holatda jazo qo‘llanilmadi. O‘yinda MLS jamoasi Liga MX (Meksika ligasi yulduzlari) ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Messi ko‘p o‘yin o‘tkazgani va maydondagi daqiqalari tufayli tabiiy charchoqni his qilgan. Futbolchilar har uch kunda o‘ynaganda, albatta, noqulaylik sezishadi. Lionel qaytmoqda. U tez orada jamoa bilan mashg‘ulot o‘ta boshlashiga umid qilamiz. Yaxshiki, bu holat uchun bizga jazo qo‘llanmadi" — dedi "Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano.
Uning ta’kidlashicha, yulduzlar uchrashuvi kabi tadbirlar liga uchun foydali, biroq taqvimda ular uchun alohida sana belgilash — aqlga sig‘maydi.
"Biz so‘nggi besh uchrashuvning to‘rttasini safarda o‘tkazdik. Deyarli har uch kunda o‘ynadik. Yo‘llar, safarlar, qisqa dam olish — futbolchilar uchun katta yuk. Shanba-yakshanba kunlari yulduzlar uchrashuvini tashkil etish kerak. Chorshanba kuni o‘yin o‘tkazilib, 48 soat o‘tishi bilan boshqa jamoalar maydonga tushishi kerak bo‘ladi — bu to‘g‘ri emas" — deya so‘zini yakunladi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar