Messi Busketsni ko‘ndirdi

  • 28 aprel, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Aftidan, yarim himoyachi Serxio Buskets "Barselona"da o‘ynashda davom etadi. AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tajribali futbolchiga tez orada klub “1+1” ko‘rinishida yangi shartnoma taklifi qilishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Busketsning "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynashni davom ettirishiga Lionel Messi ta’sir qilgan. Qayd etilishicha, Serxio argentinalik futbolchi bilan bo‘lgan kechki ovqatdan so‘ng “Kamp Nou”da qolishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Messi “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paymoqda. 35 yoshli hujumchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi esa iyun oyi oxirida yakunlanadi va u qadrdon jamoasiga erkin agent sifatida qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!