Messi boshqa jamoa bilan muzokara qilayotgani oshkor bo‘ldi

  • 22 avgust, 2021, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni tark etishga majbur bo‘lgan Lionel Messi PSJ bilan shartnoma imzolagan edi. Hozircha, argentinalik yulduz Amerika kubogidagi ishtirokidan keyin jismoniy holatini to‘liq tiklay olmadi va shu bois, parijliklar safida debyutini ortga surilmoqda.

Tecno

Mirror nashrining xabar berishicha, Lionel Messi o‘zining keyingi ish joyini hozirdan hal qilib qo‘ymoqchi. Uning “Inter Mayami”klubi bilan muzokara o‘tkazayotgani oshkor bo‘ldi.

Ushbu klub xo‘jayinlaridan biri Devid Bekxem Messi faoliyatini yakunlashidan oldin “Inter Mayami” uchun to‘p tepishini istayapti. Ma’lum bo‘lishicha, Bekxem bu borada Messi bilan gaplashib olgan. Argentinalik futbolchi yaqinda Mayamidan uy sotib olgani ham uning AQSh chempionatida qatnashishi mumkinligidan dalolat bermoqda.

Messi PSJ bilan ikki yillik bitimga ega. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!