Menda yana bir imkon bo‘lsa...

  • 10 avgust, 2020, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning markaziy himoyachisi Jerom Boateng yana Angliya premer-ligasiga qaytib borishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tecno

- Men mavsum boshida nimalarnidir o‘zlashtirish haqida o‘ylagandim. Bir umr futbol o‘ynamaymanku axir. Futboldan rohat olishni istayman. Men hamon kuchli mashg‘ulot o‘tkazishga qodirman va o‘zimni yuqori saviyada to‘p surish imkoniyatini olishga haqliman, deb hisoblayman.

Menga Angliya chempionatida to‘p surish yoqadi. Men jarohat tufayli Angliya maydonlarida o‘zimni to‘liq ko‘rsata olmagan bo‘lsamda, katta tajriba oldim va hozir kurashga tayyorman, - dedi Boateng.

“Bavariya” bilan Bundesliga chempionligiga sazovor bo‘o‘lgan himoyachi 2010-2011 yillar davomida “Manchester Siti”da to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!