
Meddison safga qaytdi
“Lester” yarim himoyachisi Jeyms Meddison ushbu mavsumni ajoyib boshladi. 25 yoshli futbo‘lchi bu mavsum barcha chempionatlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta assist amalga oshirdi. Yarim himoyachi ushbu o‘yinlari orqali Angliya terma jamoasining Qatarga boradigan tarkibidan joy oldi.
Futbolchi hali maydonga tushmadi, chunki u “Vest Hem”ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
Meddison keyingi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Angliya futbol federatsiyasi tvitter orqali yarim himoyachini mashg‘ulotlarda qatnashayotganini e’lon qildi. Ushbu mundial futbolchi uchun birinchisi hisoblanadi.
“Uch sherlar”ni 3-turda Uelsga qarshi hal qiluvchi o‘yin kutmoqda.
Fikrlar