
Mbappening tanishtiruv marosimi qachon o‘tkazilishi ma’lum
Madridning "Real" klubi Kilian Mbappening taqdimot marosimi qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
"16 iyul kuni soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan) "Santyago Bernabeu" stadionida yangi futbolchimiz Kilian Mbappe taqdimoti bo‘lib o‘tadi", — deyiladi "qaymoqranglilar" klubi bayonotida. Ma’lum qilinishicha, tadbir yakunlangach, Mbappe bilan matbuot markazida maxsus anjumani bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" iyun oyi boshida 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan edi. Futbolchi erkin agent sifatida PSJdan ispan klubi safiga ko‘chib o‘tdi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar