
Mbappening maqsadi o‘zgardi
“Real” hujumchisi Kilian Mbappe sekin-asta ispan futboliga moslashib bormoqda. Frantsiyalik forvard La Ligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilyapti.
Kilian yoshligini esga olib, quyidagi ma’lumotlarni berdi.
- 14 yoshimdan menga buyuk futbolchi bo‘lishimni aytib kelishadi. Lekin ana o‘sha aytilgan gaplar ro‘yobga chiqib, katta odam bo‘lganingdan keyin o‘zingni hech narsaga arzimas inson kabi his qilar ekansan.
Boshida men shaxsiy yutuqlarga chanqoq edim, menda ishtiyoq va jangovarlik ruhiyati yuksak bo‘lgan. Hozir esa, ko‘proq jamoaviy yutuqlarga erishishni istayman, individual sovrinlar unchalik ahamiyatga ega emas, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar