Mbappeda"Real"ni xafa qilib, Madridga kelish imkoniyati bor

  • 6 may, 2024, 23:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Seshanba va chorshanba kunlari bizni EChL doirasida ajoyib bellashuvlar kutib turibdi. "Real" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qilsa, "Borussiya" PSJ maydoniga safar qiladi. 

Qayd etish lozim, agar parijliklar javob bahsida Dortmund klubini taslim etsa, shuningdek, Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritsa, finalda biz PSJ - "Real" bahsini ko‘ramiz. 

Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, Madrid klubi Kilianning taqdimoti uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoa uzoq kutilgan transfer uchun jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Biroq tasavvur qiling: agar parijliklar va madridliklar finalga yo‘l olsa va hal qiluvchi bellashuvda Mbappe fenomenal o‘yin ko‘rsatib, PSJga uzoq kutilgan sovrinni yutib bersa, "Real" muxlislari uni qanday kutib olar ekan? 

Bu shunchaki taxmin xolos. Aslida, voqealar rivoji umuman boshqacha tus olishi mumkin va buning ehtimoli katta. Biroq mazkur stsenariy bo‘lishi kutilayotgan versiyalardan biri. Har holda, Mbappega ham "Real"ga ham Chempionlar ligasi kerak. Kelasi mavsum birga harakat qilishadi (katta ehtimol). Bu mavsum yoki bir jamoa yoki davrimizning eng zo‘ri xafa bo‘lib qolishi ehtimoli bor. 


                                                                                                                                                                                                                      K.X 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!