
Mbappe uchun Evro musobaqasi omadsiz!
Frantsiya terma jamoasi va "Real" Madrid klubi hujumchisi Kilian Mbappe uchun Evro musobaqasi juda omadsiz hisoblanadi.
Gap shundaki, Mbappe o‘zi ishtirok etgan ikkita Evro turniri doirasida bor yo‘g‘i bir dona gol urdi.
U dastlab 2021 yil o‘tkazilgan turnirda to‘rt o‘yinda birorta ham to‘p kirita olmagan. Bu yilgi musobaqada 5 ta o‘yinda bitta gol urdi. Shu ham bo‘lsa, Polsha terma jamoasiga penaltidan.
Shuningdek, u bu vaqt ichida Kilian ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi "Evro-2024" yarim finali doirasida Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, frantsuzlar turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Fikrlar