Mbappe “Oltin to‘p” uchun kimga ovoz berishini aytdi

  • 7 oktabr, 2023, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning eng yaxshi futbolchisiga atalgan “Oltin to‘p” sovrini g‘olibi milliy terma jamoalar bosh murabbiylari va sardori bergan ovozlarga ko‘ra aniqlanadi.

Tecno

Frantsiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zi ham da’vogar bo‘lgan ushbu sovrin uchun qaysi futbolchiga ovoz berishini aytdi.

- “Oltin to‘p” so‘rovnomasida men Lionel Messi uchun ovoz beraman. Individual nuqtai nazardan u yilning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi va bu sovinga loyiq, - dedi Kilian Mbappe.

Lionel Messi o‘tgan mavsumni PSJda o‘tkazdi. Yozda parijliklar bilan shartnomasi tugaganidan keyin agentinalik yulduz AQSh chempionatining “Inter Mayami” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!