Mbappe, tur o‘rningdan!

  • 4 dekabr, 2024, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya futboli afsonasi Mishel Platini katta bosim va tanqidlar ostida qolgan hamyurti Kilian Mbappening hozirgi ahvoliga munosabat bildirdi.

Ma’lumki, 25 yoshli hujumchi yozda erkin agent sifatida “Real”ga o‘tganidan beri o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Ko‘pchilik Mbappe xuddi Eden Azar singari MAdrid superklubida o‘ynab keta olmasliginidan xavotirda.

- Mbappe maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek ko‘rinyapti. Buyuk chempionlar erdan yana tikka tura olishi lozim. Bu Kilian buyuk chempion sifatida o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa, - dedi Mishel Platini.

Mbappe yangi jamoasiga moslashib olish va sport formasini tiklash uchun Frantsiya terma jamoasining oxirgi ikki yig‘inini o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!