
Maykl Jonson: "Xabib meni parterga olib kirganida qimirlay olmadim"
38 yoshli amerikalik UFC jangchisi Maykl Jonson sobiq chempion Xabib Nurmagomedovga qarshi jangini esladi.
“Chaqiruv olgan paytim harbiy xizmatda, lekin juda yaxshi formada edim. Ikki haftadan so‘ng Xabib bilan jangga kirdim. Yaxshi eslayman: u menga bosim bilan hujum qila boshladi va jiddiy muammolar tug‘dirdi. Nurmagomedov o‘zini go‘yo o‘rta vaznli jangchidek his qilardi. U meni parterga olib kirganida qimirlay olmadim. Yakunda esa bahs natijasi qanday tugagani hammaga ma’lum. Ammo o‘sha kuni men juda ko‘p narsa o‘rgandim. Shundan so‘ng sport zaliga qaytdim va o‘z ustimda ishlay boshladim. Agar o‘sha jang bo‘lmaganida men ham hozirgi darajamda bo‘lmasdim" – deya Jonsonning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting".
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil Xabib uchinchi raundda Mayklni sabmishn orqali mag‘lub etgandi.
Fikrlar