Mayk Tayson: "Madrimovning uslubi Kroufordni noqulay ahvolga solib qo‘ydi"

  • 21 avgust, 2024, 17:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson Terens Krouford(41-0, 31 KO) va Isroil Madrimov(10-1-1, 7 KO) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi. 

Tecno

 "Terens kuchli raqibga duch keldi, shiddatli jangning guvohi bo‘ldik. Krouford so‘nggi ikki(11-12) raundda borini  tashladi. Madrimov doimiy harakatda kurash olib borgani bois, uning uslubi Kroufordni noqulay holatga solib qo‘ydi”, –  dedi Tayson Impaulsive podkastida.

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv 4 avgust kuni Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tdi va hakamlarning qarori bilan Terens g‘alaba qozongandi (115-113, 115-113, 116-112).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!