
Mavsumlar oralig‘ida "Milan"ni 7 nafar futbolchi tark etadi
Italiyaning "Milan" klubi joriy yozgi transferlar davrida naqd 7 nafar futbolchisi bilan xayrlashadi. Bu haqda Corriere dello sport nashri xabar bermoqda.
Ular orasida Andrea Bertolachchi, Ignatsio Abate, Xose Mauri va Kristian Sapatalar shartnoma muddati yakunlangani sabab jamoadan ketishsa, Samuel Kastilexo, Diego Laksalt va Xakan Chalxanoglu kabi futbolchilar transferga qo‘yiladi.
Ushbu futbolchilar sotuvidan keladigan mablag‘lar tarkibni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” o‘tgan mavsum A Seriyani 5-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar