
Mavlud Tifievning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
12 fevral kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC promousheni tomonidan navbatdagi jang kechasi tashkil etiladi. Malumki, ushbu promoushenning kechalarida bir qator o‘zbekistonlik jangchilar ham ishtirok etib keladi.
Bu safargi kechada ham yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan professional muaytay ustalaridan biri Mavlud Tifiev navbatdagi jangini o‘tkazadigan bo‘ldi. U ushbu jang oqshomida dog‘istonlik Kamryan Nabatiga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu qarama-qarshilik K-1 yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Mavlud Tifiev so‘ngi jangini Toshkentda professional muaytay yo‘nalishida ispaniyalik Viktor Konesaga qarshi o‘tkazib, nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.
Shu o‘rinda mazkur muhim jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar