
Mashhur murabbiy Husanovni o‘z jamoasida kutyapti...
“Lans”da porlayotgan Abduqodir Husanovga da’vogarlik qilayotgan “top-5” ligalaridagi jamoalar qatoriga Turkiyaning eng nomdor klublari ham qo‘shildi.
Xususan, mashhur murabbiy Joze Mourino talabi bilan “Fenerbahche” 20 yoshli o‘zbek himoyachisi uchun kurashmoqda.
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) Abduqodir Husanovni dunyoning 21 yoshgacha bo‘lgan eng zo‘r markaziy himoyachisi, deb e’lon qilganidan keyin xorij klublari hamyurtimizga yanada jiddiyroq e’tibor qarata boshladi.
Turkiyaning nufuzli manbalaridan birincihaber.com.tr portali “Fenerbahche”ning tanlovi haqida batafsil ma’lumot tarqatdi.
- Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ekspertlari tomonidan eng yaxshi yosh markaziy himoyachilar reytingida birinchi o‘ringa qo‘yilgan Abduqodir Husanovga “Fenerbahche” da’vogarlik qilmoqda. 20 yoshli himoyachi “Lans”da 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, jami 1219 daqiqa harakat qildi va bitta assist ham qayd etdi.
Ali Koch prezidentlik qilayotgan klub bosh murabbiy Joze Mourinoga yoqib qolgan o‘zbek futbolchisi transferi borasida barcha kerakli choralarni ko‘radi, - deb yozmoqda birincihaber.com.tr portali.
Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) tuzgan 21 yoshgacha bo‘lgan jahon futbolidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan.
1-Abduqodir Husanov (“Lans”)
2-Petro Komutstso (“Fiorentina”)
3-Matte Smets (“Genk”)
4-Vitor Reys (“Palmeyras”)
5- Kristian Moskera (“Valensiya”)
6- Yasin Ozjan (“Kasimpasha”)
7- Enri Cheyz (“Shtutgart”)
8-Ron Anselmino (“Boka Xuniors”)
9-Tomas Aviles (“Inter Mayami”)
10-Nils Zatterstrem (“Malmyo”).
Ta’kidlash joizki, Joze Mourinoning o‘zbek futbolchisi bilan ishlash tajribasi bor. Aynan portugaliya mutaxassis taklifi bilan 2021 yilning yozida Eldor Shomurodov “Jenoa”dan “Roma”ga transfer qilingan.
Italiyalik manbalar Mourino Eldor Shomurodovni ancha oldindan tanigani va iqtidorini yuqori baholagani uchun ham “Roma”dagi loyihaga jalb qilganini yozgan edi.
Husanovga Angliyadan birinchi aniq taklif keldi! Transfer amalga oshadimi?
Shomurodovga yangi va yaxshi da’vogar chiqdi!
Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!
Fikrlar