
"Mash’al" Toshkentda 4 ta jamoa bilan bellashadi
“Mash’al” klubining navbatdagi tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini endi Toshkentda davom ettiriladi.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, muborakliklar poytaxtda to‘rtta nazorat uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
8 fevralda “Bunyodkor” bilan dastlabki o‘yin o‘tkaziladi. 12 fevral kuni “Surxon” “Mash’al”ning raqibiga aylanadi. 16-kuni Superliga debyutanti – “Turon” bilan kuch sinashsa, 20 fevralda “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar