
Marokash darvozaboni faoliyatini super klubda davom ettirishi mumkin
“Bavariya” joriy mavsum yakuniga qadar Manuel Noerdan ayrildi. Myunxen klubining asosiy darvozaboni oyog‘ini sindirib oldi. Endi "Bavariya" qishki transfer oynasida darvozabon pozitsiyasini kuchaytirishga majbur.
AS xabariga ko‘ra, nemis grandi Marokash terma jamoasi safida jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan darvozabon Yassin Bunuga qiziqish bildira boshlagan.
31 yoshli posbon "Sevilya" futbolchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Bununing ayni damdagi transfer narxi 15 million evroga baholamoqda.
Yassin “Sevilya” safida jami120 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 109 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar