Markus Reshford faoliyatini boshqa bir APL klubida davom ettirishi mumkin

  • 19 iyun, 16:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Markus Reshfordning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Tecno

The Sun nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli ingliz hujumchisiga "Nyukasl" klubi qiziqish bildirmoqda va uni hujum chizig‘ining asosiy kuchaytmasi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Reshford "Barselona"ga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, ispan grandi futbolchi uchun birorta ham rasmiy taklif yubormagan. Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" Markusga jamoaning asosiy figurasi bo‘lishni taklif qilmoqchi.

"Manchester Yunayted" rahbariyati Reshfordni sotishga tayyor. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar tuzilgan,Transfermarkt bahosiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!