
Markaziy o‘yinda zafar quchgan "Manchester Siti" MYu bilan farqni 17 ochkoga etkazdi
Angliya Premer-ligasi 30-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Manchester Siti" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisob 58-daqiqada manchesterliklar himoyachisi Benjamin Mendi tomonidan ochildi. Jarima maydoni ichida bir raqibini aldagan himoyachi Shmeyxelni ojiz qoldirdi. Keyinchalik, 74-daqiqada Gabriel Jezus oradagi farqni ikkitaga etkazdi.
Shunday qilib, ishonchli hisobda g‘alaba qozongan "shaharliklar" 74 ochko to‘plagan holda, 1-o‘rinni mustahkamladi. O‘z uyida imkoniyatni boy bergan "tulkilar" 56 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.
Fikrlar