
Mareska jamoasining chempionlik uchun kurasha olmasligini aytdi
Entso Mareska yana bir bor "Chelsi" APL chempionligi uchun kurashishga tayyor emasligini ta’kidladi. Bu haqda "BBC" nashri ma’lum qildi.
Murabbiy jurnalistning savoliga javob berish jarayonida bu haqda gapirdi.
– "Chelsi" tarkibi chempionlik uchun etarlicha kuchlimi?
– Yo‘q, chempionlik uchun emas. Agar dekabr va yanvar oylariga qaraydigan bo‘lsak, hozir biz qiyin davrni boshdan kechiryapmiz, – dedi "Chelsi" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, hozirda Mareska jamoasi 40 ochko to‘plab, Premer-ligada 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar