
Maradonaning o‘limidan keyin jinoiy ish ochildi. Aslida nima bo‘lgan edi?
Argentina prokuraturasi Diego Maradona o‘limi sabablarini o‘rgana boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mashhur futbolchi bosh miyasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganidan keyin o‘z uyidagi tiklanish jarayonida 12 soat mobaynida mutaxassislar qarovisiz qoldirilgan. Bundan tashqari, chaqirtirilgan tez yordam brigadasi ikki soat kechikib kelgan.
Prokuratura zarur paytda bemorni qarovsiz qoldirish va o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashish kabi ayblovlarni ilgari surmoqda.
Maradonaning o‘limiga yurak to‘xtashi sabab bo‘lgani qayd etilgan.
Fikrlar