
Maradona Argentina terma jamoasi bosh murabbiyini jiddiy tanqid qildi
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona “Manchester Siti” to‘purari Serxio Agueroni terma jamoaga chaqirmagani uchun bosh murabbiy Lionel Skalonini jiddiy tanqid qildi.
“Skalonining Agueroni terma jamoaga chaqirmagani futbolga nisbatan umuman hurmatsizlikdir. Men terma jamoamizni bunday murabbiy boshqarishini xohlamayman. Bilmadim, Aguero terma jamoaga chaqirishlari uchun yana nima qilishi kerak”, - deydi Maradona.
Ma’lumot uchun, Aguero joriy mavsum APLda jami 26ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 18ta gol urishga erishdi. U ayni damda APL to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar