
Mane qaysi futbolchining muxlisi bo‘lgan?
Senegal terma jamoasi va "Liverpul" klubi hujumchisi Sadio Mane bolaligidagi eng sevimli futbolchisi haqida gapirib berdi.
Manening aytishicha, u Ronaldinoga muxlis bo‘lgan.
“Yoshligimda Ronaldinoning o‘rnida bo‘lishni tasavvur qilardim. To‘g‘ri, men hali unchalik muvaffaqiyatga erishmadim. Men uni hali ham yaxshi ko‘raman, u doim mening kumirim bo‘lib qoladi”, - dedi Mane Goal nashriga bergan intervyusida.
Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.
Fikrlar