
Manchesterliklar qimmatbaho futbolchisini “Barsa”ga jo‘natyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati o‘tgan yili bosh murabbiy Erik ten Xag bilan ziddiyatga borgan Jeydon Sanchoni jamoada qoldirmaslikka qaror qildi.
O‘tgan mavsum manchesterliklar hujumkor futbolchini Dortmundning “Borusiya”ga ijaraga berib yuborgandi. Mavsum oxirida tomonlar to‘liq transfer borasida kelishuvga erisha olmadi.
Aniqrog‘i, Bundesliga klubi manchesterliklar talab qilgan 40 million evroni to‘lashni istamadi.
“Barselona” tarkibni kuchaytarish variantlarini qidirmoqda. Manchesterliklar Sanchoni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga bermoqchi.
“Yunayted” rahbariyati kelasi yili Sancho bo‘yicha hisob-kitob jarayonida kataloniyaliklarning biror futbolchisini olish variantiga ham rozi bo‘lishi aytilmoqda.
Manchesterliklar safida katta maosh oladigan Jeydon Sancho “barselona”ga o‘tishga tayyor va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun xizmat haqqining bir qismidan voz kechishga rozilik bergan.
Fikrlar