
Manchesterliklar kerakmas o‘yinchini superto‘purarga alishtirmoqchi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa tarkibini o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan tozalashga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Bu mutaxassis ishonchini qozona olmagan Antoni mavsumni ijaraga jo‘natilgan joyi – “Betis”da yakunladi. Braziliyak futbolchi Ispaniya chempionatida porlaganiga qaramay, manchesterliklar yangi mavsumda ham uni tarkibga kiritmaydi.
Tanili jurnalist Sebastyan Vidalning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari Antonini “Sporting”ning eng zo‘r to‘purari Viktor Dyokereshga alishtirish masalasini o‘rganib chiqyapti.
Unga ko‘ra, “Old Trafford” vakillari tajribali hujumkor futbolchini Portugaliya jo‘natishdan tashqari, qo‘shimchasiga 41 million evro miqdorida badal puli ham to‘laydi.
Viktor Dyokeresh esa, qator qudratli klublar nishonida turibdi. Shved hujumchisi yakunlangan mavsumda 52 ta uchrashuvda 54 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.
Fikrlar