
Manchesterliklar bu o‘yinchi uchun 115 million funt to‘lashdan bosh tortdi
Yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirishga e’tibor berib kelayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati muhim transfer nishonidan voz kechishga qaror qildi.
Bosh murabbiy Ruben Amorim jamoasi tarkibida “Brayton” tayanch yarim himoyachisi Karlos Balebani ko‘rmoqchi edi.
The Athletic nashrining yozishicha, “Brayton” 21 yoshli kamerunlik o‘yinchi uchun manchesterliklardan 115 million funt sterling (133,4 mllion evro) talab qilgan. “Manchester Yunayted” mutasaddilari bu narxni sun’iy ko‘tarilgan, deb hisoblab, transferni amalga oshirmaydigan bo‘ldi.
Manbaning ta’kidlashicha, Karlos Balebaning o‘zi hali hamon “Manchester Yunayted”ga transferi amalga oshishidan umid qilyapti.
Baleba o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda qatnashdi, raqiblar darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi. “Brayton” bilan amaodagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadigan o‘yinchini Transfermarkt portali ekspertlari 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar