Manchesterliklar asosiy yulduzini qishda sotib yuboradi

  • 6 oktabr, 13:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Inqirozdan chiqa olmayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati g‘alati qarorga keldi. Klub xo‘jayinlari jamoa etakchisi Brunu Fernandeshni qishki transferlar oynasi davrida sotib yuboradigan bo‘ldi.

Tecno

Iyun oyining boshida portugaliyalik futbolchining o‘zi klub uning transferi uchun 100 million funt taklif qilgan “Al-Hilol”ning taklifini rad etganini ma’lum qilgan edi.

Manchester Evening News nashrining ma’lum qilishicha, hozir vaziyat o‘zgargan. “Manchester Yunayted” ham, shaxsan Brununing o‘zi ham og‘ir davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. Bu holatni kuzatib turgan Evropa va Saudiya Arabistonining bir necha klublari Fernandeshni olish rejasini tuzyapti.

Saudiya Arabistoni klublari 31 yoshli futbolchini katta maosh bilan qiziqtirmoqchi. Xususan, Brunu Fernandeshga haftalik 700 ming funt taklif qilayotgan klublar bor.

“Manchester Yunayted” yanvar oyida Brunu Fernandesh bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!