
“Manchester Yunayted”ga o‘tmaganimning sababi bor!
“Bavariya” himoyachisi Benjamin Pavar yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishi haqida juda ko‘p xabar tarqatildi.
Biroq, frantsiyalik futbolchi oxir-oqibat Myunxenda qoldi. Uning o‘zi atrofidagi vaziyatni quyidagicha ochiqladi.
- Men kelajagim haqida o‘zimga ko‘p savol berardim. Turli klublardan ko‘p qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Agentlarimga ham murojaat qilishdi.
Shundan keyin “Bavariya” bosh murabbiyi bilan suhbat bo‘ldi. U bilan yaxshi munosabatdaman. Ustozim men jamoa uchun muhim figura ekanimni va uning rejalarida borligimni tushuntirdi, - dedi Benjamin Pavar.
Fikrlar