“Manchester Yunayted”dan ketmasam bo‘lmaydi

  • 17 fevral, 2022, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “Manchester Yunayted”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Xuan Mata mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etishga qaror qildi.

33 yoshli futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Klub bu o‘yinchiga yangi bitim taklif qilmoqchi emas.

Xuan Mata “Yunayted”ga qadar “Valensiya” va “Chelsi” sharafini himoya qilgan. Manchesterliklar mohir yarim himoyachini 2014 yili “aristokratlar”dan 45 million evro evaziga transfer qilgan.

Shundan beri pleymeyker “Yunayted” safida 277 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 51 ta gol va 47 ta assist rasmiylashtirdi.

Joriy mavsumda Angliya premer-ligasida birorta o‘yinda ishtirok etmagan Mata Chempionlar ligasida va kubok bahslarida to‘rt bor ko‘rinish berdi va jami 171 daqiqa to‘p tepdi.

Tajribali futbolchiga Ispaniya chempionati vakillari, xususan, “PReal Sosedad” va “Barselona” qiziqayotgani ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!