"Manchester Yunayted" "Yuventus" futbolchisini nishonga oldi

  • 30 may, 2024, 16:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboga qiziqish bildirmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko‘ra, klub iyun oyida shartnomasi tugaydigan «Yuventus» futbolchisi bilan bo‘layotgan vaziyatni kuzatib bormoqda.

Rabo o‘z navbatida Turin klubida qolish niyatida, chunki "keksa-senora" kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Qolaversa, frantsiyalik futbolchi Tyago Motta bilan yaxshi munosabatda, avval xabar qilinganidek, u "Yuventus" bilan shartnomasini yangilashga yaqin.

Ayni damda "Yuventus" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha uning manfaatlarini himoya qiluvchi Raboning onasi bilan muzokara olib bormoqda. Adrien kelajagi "Evro-2024" boshlanishidan oldin hal bo‘lishini istaydi.

O‘tgan mavsumda Rabo "Yuventus" safida A Seriyaada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!