“Manchester Yunayted” yulduzi qiyin ahvolda qoldi

  • 24 dekabr, 2022, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” 2021 yilning yozida qiyinchilik bilan qo‘lga kiritgan Jeydon Sancho jamoa o‘yiniga moslasha olmayapti.

Tecno

“Borussiya” safida porlagan angliyalik hujumkor futbolchi Manchesterga kelganidan beri o‘zini ko‘rsatgani yo‘q.

Erik ten Xag uni asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatgan va Ispaniyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga ham jalb etmadi.

22 yoshli futbolchi 31 okbyardan beri, klub bazasida ko‘rinish bergani yo‘q.

Jeydon Sancho individual tarzda shug‘ullanib, jismoniy va ruhiy holatini kuchaytirishi uchun imkoniyat yaratib berilmoqda. U hamon yakka tartibda mashq qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!