“Manchester Yunayted” yozda katta transferlarga qo‘l uradi. Nishonlar aniq!

  • 19 may, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayyoted” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytiradi. Erik ten Xag jamoasi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Shu bois, mutasaddilar hozirdan transfer nishonlarini aniqlab oldi. Erik ten Xag bir necha pozitsiyaga yangi ijrochilar kerakligini ta’kidlamoqda.

Xususan, manchesterliklar bir necha mavsumdan beri kuzatib yurgan Frenki de Yongni “Barselona”dan ko‘chirib kelmoqchi. Agar bu transferning imkoni topilmasa, Erik ten Xag “Chelsi” vakillari Meyson Maunt yoki Mateo Kovachich variantlariga ham ko‘nadi.

Shuningdek, niderlandiyalik mutaxassis ro‘yxatda “Yuventus”dan ketmoqchi bo‘lib yurgan Adrien Rabo ham bor.

Nishondagi hujumchilar ro‘yxatini Harri Keyn (“Tottenxem”) va Viktor Osimxen (“Napoli”) boshqarib turibdi. Ularga zaxira sifatida Randal Kolo Muani (“Ayntraxt”), Dushan Vlaxovich (“Yuventus”), Temmi Abraxam (“Roma”) va Brayan Brobbi (“Ayaks”) nomzodi o‘rganilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!