"Manchester Yunayted" yozda "Benfika" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 9 mart, 2019, 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lissabonning "Benfika" klubi himoyachisi Ruben Diash "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” skautlari 21 yoshli portugaliyalik futbolchining harakatlarini kuzatish uchun joriy hafta bo‘lib o‘tgan “Dinamo” Zagreb va “Benfika” uchrashuviga borishgan.

O‘z navbatida lissabonliklar ham Diashni qo‘yib yuborishmoqchi emas, aksincha, u bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Diash joriy mavsum “Benfika” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer bahosi esa 28 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!