“Manchester Yunayted” yana bir yulduzni qo‘lga kiritishga yaqin

  • 2 iyul, 2021, 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, “Borussiya” etakchisi Jeydon Sanchoning transferini uddalagan “Manchester Yunayted” rahbariyati tez orada “Real” himoyachisi Rafael Varan bilan ham shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Tecno

Frantsiyalik himoyachi “qirollik klubi”dan tezroq ketishni istayapti va shu bois yangi shartnoma bo‘yicha takliflarni rad etdi.

Madridliklar bir yildan so‘ng erkin agentga aylanadigan futbolchini shu yoz sotib yuborishga majbur. Garchi ular 28 yoshli himoyachi uchun 70 million evro talab qilayotgan bo‘lsa-da, manchesterliklar bu transferni 50 million evroga uddalashiga ishonmoqda.

Rafael Varan “Real” tarkibida 10 yil to‘p tepdi va qator sovrinlarga ega bo‘ldi. Endi u muhitni o‘zgartirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!