
“Manchester Yunayted” uchta zo‘r futbolchiga xaridor
“Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida o‘ng qanot himoyasiga yangi o‘yinchi olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Ayni paytda bu pozitsiya egasi Aaron Uan-Bissaka hisoblanadi. Lekin murabbiylar shtabi uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti.
Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, manchesterliklar bu pozitsiyaga uchta nomzoddan iborat ro‘yxat tuzib qo‘ygan.
“Manchester Yunayted” vakillari 23 yoshli Jeremi Frimpong (“Bayer”), 25 yoshli Jyul Kunde (“Barselona”) va 28 yoshli Denzel Dyumfris (“Inter”) kabi futbolchilarga e’tibor qaratdi.
Transfermarkt ekspertlari Frimpong va Kundeni 50 million evro, Dyumfrisni 27 million evroga baholamoqda.
Fikrlar