
"Manchester Yunayted" Sanchesni "Roma"ga ijaraga bermoqchi
"Manchester Yunayted" o‘zining chililik hujumchisi Aleksis Sanchesni Italiya klubiga ijaraga bermoqchi. Bu haqda Tele Radio Stereo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 30 yoshli futbolchini “Roma”ga ijaraga berishmoqchi. Buning uchun ular Sanchesning maoshini katta qismini to‘lab berishga ham rozi.
Ta’kidlash kerakki, Sanchesning MYudagi maoshi bonuslar bilan birga haftasiga 550 ming evroni tashkil etadi. Agar u “bo‘rilar” safiga ko‘chib o‘tsa, mankuanliklar ushbu mablag‘ning taxminan 300 ming evrosini to‘lab berishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Sanches “Manchester Yunayted”ga 2018 yilning yanvarida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum 20ta o‘yinda maydonga tushdi va bor yo‘g‘i 1ta gol urdi.
Fikrlar