
"Manchester Yunayted" futbolchilari "Siti"ga qarshi bahsdagi taktikadan norozi
"Manchester Yunayted" futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagdan norozi. "The Sun" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar"ning ba’zi o‘yinchilari "Manchester Siti" bilan o‘yinda Ten Hagning qabul qilgan ba’zi qarorlaridan jahli chiqqan. Markaziy himoyachi Viktor Lindelyofning chap qanotida harakat qilgani, Bruno Fernandesh esa o‘ng hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynagani futbolchilarni hayratlantirgan.
O‘sha bellashuvda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida “Manchester Siti”ga yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ayni paytda Erik ten Xag shogirdlari Angliya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar