“Manchester Yunayted” etti nafar o‘yinchidan voz kechadi

  • 29 dekabr, 2023, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” xo‘jayiniga aylangan Jim Retkliff jamoaga sarmoya kiritishdan oldin tarkibni kerakmas o‘yinchilardan tozalab olishga qaror qildi.

Tecno

71 yoshli milliarder klubning transfer siyosatini keskin tanqid qildi.

Mirror Football nashriga ko‘ra, yangi rahbar kamida etti nafar futbolchidan qutilishni rejalashtirmoqda. Birinchi navbatda, qimmat narxga olingan, lekin o‘zini ko‘rsata olmagan Jeydon Sanchodan voz kechiladi.

Donni van de Bek yanvarda “Ayntraxt”ga o‘tkaziladi. Antoni Marsyalning shartnomasi yozda yakunlanishiga qaramay, klub uni yanvarda sotib yubormoqchi.

Erik ten Xag davrida 85 million funtga xarid qilingan Antoni ham pattasini oladi. Braziliyaliklardan yana biri – Kazemiro ham manchesterliklarga kerak bo‘lmay qoldi.

Himoya chizig‘i vakillaridan Rafael Varan hamda Viktor Lindelyofning o‘yin sifati ham Retkliff o‘rtaga qo‘yayotgan talablarga javob bermayotgani aytilmoqda. Yangi rahbar bu ikki o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!