
“Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rniga supermurabbiy olib keladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan keyin niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xag xizmatidan voz kechishi kutilmoqda.
Bild nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, manchesterliklar ayni paytla “Bavariya”ni boshqarayotgan Tomas Tuxelni olib kelishni rejalashtiryapti. Germaniyalik mutaxassisning o‘zi ham yana Angliya Premer-ligasida ishlashni xohlaydi.
Qolaversa, Tuxelga “Manchester Yunayted” varianti ham ma’qul kelgani aytilmoqda.
“Bavariya” rahbariyati Tomas Tuxeldan voz kechishni mo‘ljallab turibdi. Myunxenliklar jamoani “Bayer”ni Bundesliga etakchisiga aylantira olgan Xavi Alonsoni ishga olmoqchi.
Fikrlar