
“Manchester Yunayted” 15 nafar futbolchidan voz kechdi
Joriy mavsum yakunlanganidan keyin “Manchester Yunayted”da katta o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda.
Klub aktsiyalarining 25 foizini sotib olgan ser Jim Retkliff “Manchester Yunayted”ni qudratli jamoaga aylanitirishni rejalashtirgan.
Angliya matbuotining yozishicha, jamoa tarkibi keskin yangilanadi. Ayni paytda jamoani tark etishi lozim bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Hozircha, klub xo‘jayinlari 15 nafar futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatishga tayyor. Manchester Evening News nashri bu o‘yinchlar nomini aniqladi.
Unga ko‘ra, turli sabablar tufayli Kazemiro, Rafael Varan, Entoni, Jeydon Sancho, Donni van de Bek, Gannibal Mejbri, Alvaro Fernandes, Markus Reshford, Meyson Grinvud, Aaron Van-Bissaka, Viktor Lindelof, Fakundo Pellestri, Sufyon Amrabat, Entoni Marsyal hamda Tom Xiton klubni butunlay tark etishi kutilmoqda.
Fikrlar