
“Manchester Siti” Premer-liga rekordini qayd etdi
Angliya Premer-ligasining yakuniga etgan mavsumida "Manchester Siti" standart vaziyatlardan gol urish bo‘yicha musobaqa rekordini o‘rnatdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari 38 o‘yinda jarima va burchak zarbalaridan 21 ta gol urib, o‘ziga xos natija qayd etdi. Himoyachi Emerik Lyaport standartlarni golga aylantirish bo‘yicha qolgan futbolchilardan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Ispan futbolchisi jarima zarbalaridan so‘ng 4 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 93 ochko bilan bosh sovringa ega chiqdi. “Shaharliklar” turnir jadvalida “Liverpul”ni ikki ochkoga ortda qoldirib, ketma-ket ikkinchi marta APL chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar