
"Manchester Siti" nega aynan Husanovni tanladi?
Zamonaviy texnologiya yutuqlaridan bo‘lgan sun’iy intellekt kirib kelmagan soha qolmadi. Sportda, xususan, futbolda sun’iy idrok imkoniyatlaridan futbolchilar va jamoalarning nimalarga qodirligini aniqlashda foydalanilmoqda.
Xususan, taqdirini “Manchester Siti” bilan bog‘lashga qaror qilgan Abduqodir Husanovning himoyachi sifatidagi imkoniyatlari va ko‘rsatkichlari sun’iy idrok yordamida baholandi.
Markaziy himoyachilar jamoa muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy futbolda ularning himoyadagi vazifalari qatoriga jamoa hujumlarini boshlash talabi ham qo‘yilmoqda.
Xo‘sh, Abduqodir Husanovning kuchli tomonlari nimalarda ko‘rinadi?
Umumiy ma’lumot:
Ampluasi: markaziy himoyachi
Asosiy xususiyatlari: universallik, tezkorlik, uzoq masofalarga aniq to‘p uzatish orqali hujumlarni boshlab berish qobiliyati.
Jismoniy imkoniyatlari:
Husanov juda baland sakraydi va mukammal koordinatsiyana ega, harakatlarini to‘g‘ri boshqara oladi.
Abduqodir katta boshlang‘ich tezlikka ega va bu xususiyati orqali tezkor hujumchilar bilan bemalol raqobatlashadi.
Texnik ko‘nikmalari:
Husanov bosh bilan ishonchli o‘ynaydi, yuqoridan kelayotgan to‘plarni qaytarishga usta.
Abduqodir to‘pni uzoq masofaga aniq etkazadi, paslari orqali ko‘pincha jamoasining qarshi hujumlarini boshlab beradi.
Himoyaviy harakatlar – to‘pni egallab olish va jarima maydonchasidan uzoqlashtirishda yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. Husanov pressingda agressiv o‘ynaydi.
O‘yin taktikasi:
Universal o‘yin uslublarini qo‘llaydi, jamoasi hujumlariga qo‘shilishni xush ko‘radi.
Uch himoyachili va ikki markaziy himoyachili sxemalarda o‘ynay oladi.
Himoya chizig‘ining har qanday nuqtasida o‘ynay oladi.
Husanovning taktik mahorati himoyadan hujumga tezkor o‘tishda qo‘l keladi.
Amalda:
Abduqodir Husanov klubida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ham dinamikasi bilan jamoaviy o‘yinga ustunlik bag‘ishlaydi. U ko‘p qirrali va tezkor himoyachi hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada ishonchli harakat qilishi mumkin. Eng muhimi, jamoa hujumlarini boshlay oladi, kuchli va aniq zarbaga ega, standart vaziyatlardan foydalana oladi.
Fikrlar