
"Manchester Siti" germaniyalik futbolchisiga chiqish eshigini ko‘rsatdi
"Manchester Siti" germaniyalik darvozabon Shtefan Ortega bilan xayrlashishga tayyor.
Seshanba kuni "shaharliklar" o‘z tarbiyalanuvchisi Jeyms Trafford qaytganini e’lon qilishdi. U "Byornli"dan 31 mln evroga sotib olingan. Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, ingliz bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng, rahbariyat Ortegaga u o‘ziga yangi klub izlashi mumkinligini, endi unga umid yo‘qligini aytgan.
Shtefan Ortega uch yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilmoqda. Germaniyalik futbolchi Xosep Gvardiola jamoasida jami 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 51 ta gol o‘tkazib yuborgan. Transfermarkt portali mutaxassislari 32 yoshli futbolchining narxini 8 million evroga baholamoqda.
Fikrlar