
"Manchester Siti" futbolchisiga "Roma" va "Jirona" da’vogarlik qilmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Klaudio Echeverri jamoani tark etishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 19 yoshli argentinalik futbolchini "Roma" va "Jirona" o‘z safiga qo‘shib olishga intilayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yinchi Italiya klubiga o‘tishni xohlayapti, ammo "Manchester Siti" uni "Jirona"ga ijaraga berish tarafdori. Hozircha muzokaralar davom etyapti.
Eslatib o‘tamiz, Echeverri 2024 yil boshida "River Pleyt"dan sotib olingan, ammo faqat joriy yilning yanvaridan boshlab "shaharliklar" tarkibiga qo‘shilgan. U jamoa safida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urishga ham erishdi.
Fikrlar