Manchester haqidagi savol “Tottenxem” ustozini jumbushga keltirdi

  • 9 may, 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFAning ikkinchi  nufuzli musobaqasi – Evropa ligasi finalida Angliyaning ikki klubi “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.

Tecno

“Tottenxem” bosh murabbiyi Angelos Postekoglu jurnalistning “Manchester Yunayted” haqidagi savolidan keyin jumbushga keldi.

Jurnalistlar avstraliyalik murabbiydan “Bo‘lajak raqib “Manchester Yunayted” Evropa ligasilagi g‘alaba ular uchun mavsumni muvaffaqiyatli qilmasligini aytmoqda. “Tottenxem” uchunchi? “Tottenxem” bunga boshqacha qaraydimi?”, deb so‘radi.

Angelos Postekogluga bu savol yoqmadi va javob ancha keskin bo‘ldi.

- Menga umuman farqi yo‘q. Nega meni “Manchester Yunayted”dagilar fikri bezovta qilishi kerak? Menga buning nima daxli bor?

“Manchester Yunayted” nega bundan deganini murabbiyidan borib so‘rang!

Men avval-boshdanoq, bu turnir biz uchun muhim ekanini ta’kidlab kelaman.

Sizlar raqibni mendan ko‘ra yaxshiroq bilamiz, chunki doimiy tarzda kuzatib kelasiz. Bu savolning javobi aniq. Odamlar ular joriy mavsumni bo‘sh o‘tkazayotganini aytib, bu musobaqaning darajasini pasaytirishga urinmoqda va bizni “Manchester Yunayted” bilan tenglashiryapti, - dedi “Tottenxem” bosh murabbiyi.

“Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” o‘rtasidagi Evropa ligasi finali 21 may kuni Ispaniyaning Bilbao shahridagi “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoaga kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqi beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!