
Manba: "Nyukasl" 35 millionlik yana bir transferni amalga oshiradi
"Nyukasl" klubi yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. Jamoa bu maqsadda yirik transferlar qilishdan qochayotgani yo‘q.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klub "Sautgempton"dan Tino Livramentoni o‘z safiga qo‘shib oladi. Buning uchun "qarg‘alar" bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 35 million funt sterlingdan voz kechadi.
Tez orada futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi jamoasi bilan uzoq yillik shartnoma tuzadi.
Fikrlar