
Manba: Messi “Barselona”ga qaytmoqchi
Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi ehtimoli ancha yuqori. “Catalunya Radio” xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi faoliyatini "Kamp Nou"da yakunlashni istaydi. Ayni paytda tomonlar yashirincha muzokara olib bormoqmoq, unga ko‘ra Messi kelasi yilning yozida yana “ko‘k-anorranglilar” libosini kiyadi.
Oldinroq "Barselona" Lionel Messiga bir yoki ikki mavsumlik shartnoma taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi
Aytish joizki, “Barselona” bir yildan so‘ng Messini erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Argentinalik hujumchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar